ExIm English, English Language Education Programs for Corporations, Business Executives, and Professionals

Founder and Director of ExIm English "ExIm Partners, LLC"ning bir bo'limi hisoblanadigan "ExIm English" shimoliy Amerikada joylashgan maslahat beruvchi shirkat bo'lib, eksport savdosi va tarqatishni rivojlantiruvchi strategiyalarni ishlab chiqarish, amalga oshirish, xalqaro savdo missiyalarida va qiymati tez-tez o'zgarib turuvchi valyutalarda molivaiy bitimlar yaratish bo'yicha ixtisoslashgan. Besh qit'aning oltmishta mamlakatida xalq orasida ish olib boramiz, binobarin, mamlakatlararo savdo yuritishda, ayniqsa, yuqori darajali professional va boshliqlar bilan ish olib borayotganda muayyan aloqada bo'lishning qanchalar zarurligini so'zsiz tushunamiz.

 

"ExIm English" yuqori mavqeli biznes boshliqlari, professionallar va katta rasmiy shaxslarga biznes, sanoat va davlatdagi martabalariga muvofiq bo'lgan holda, shuningdek, nufuzli kasb egalariga, ya'ni fan, tibbiyot va muhandislikda, ingliz tilini mukammal o'rgatish maqsadida 'ExIm Partners"ning bir xizmati sifatida tashkil etilgan.

 

Biz, birga-bir o'qitish (repetitor), sinfxonada o'qitish va tezlashtirilgan ikki haftalik "intensiv lager" trening sessiyalari bo'yicha ixtisoslashganmiz. Korporativ qarorgohlaringizda, yoki boshliqlaringiz va boshqa ma’sul xodimlaringiz uchun maxsus ochilgan xalqaro ta'lim olish ofislaringizda zamonaviy texnika bilan jihozlangan sinfxonalarni ochishimiz mumkin, yoki, ixtiyoringiz bilan uyingizda o’qitadigan individual repetitor bilan ham ta'minlashimiz mumkin.

 

English, the global language Biznes inglizchasini o'zlashtirishingiz uchun your individual va korporativ maqsadlaringizni bafurja gaplashib olamiz. Sizning yoki, katta boshliqlaringizning biznes va professional darajadagi ingliz tili bilimining hozirgi mavqeyini aniqlaymiz, chunki, buning biznesingiz, sanoatingiz va xodimlaringizdan necha kishi oliy ingliz tilli bilimiga ega bo'lishini va maqsadlaringizga bevosita bog'liqligi bor. Sundan keyingina aynan Sizga belgilab beriladigan dars ro'yxatini, qachongacha davom etishi va necha marta dars sessiyalari bo'lib o'tishi, qulay uchrashuv joylari aytib o'tilgan individual va korporativ maqsadlaringizni amalga oshirishda qanchalik miqdorda investitsiya zarur bo'lishini ko'rib chiqib rasmiy tavsiya beramiz.

 

Hajmi jihatidan kichik lekin nufuzli guruhimiz ingliz tilini mukammal darajada biluvchi sobiq yuqori mavqeli korporativ shaxslar va direktorlar, taniqli o'qituvchilar va professionallardan tashkil topgan. Guruhimizdagilar universitetlarni bitirishgan, ko'pchiligimizda birdan ortiq ilmiy darajalar, ya'ni magistrlik va doktorlik diplomlari bor. Har bir sobiq professional o'qituvchimizda TEFL/TESOL (“Ingliz tillini xorijiy til sifatida boshqa tilda so'zlashuvchilarga o'rgatish”) sertifikatlari bor, va ko'pchiligi “Biznesda qo’llanadigan ingliz tili” yoki “Muayyan maqsad ko’zlanib o’qitiladigan ingliz tili” (MMIT) sertifikatlari ham bor.

 

bayroqlar | murojaat eting | vakansiya | blog | hissa qo'shganlar