ExIm English, English Language Education Programs for Corporations, Business Executives, and Professionals

Scientist, physician, engineer, economist, geochemist, physicist, biologist,Siz olim, shifokor, muhandis, iqtisodchi, geoximik, fizik, biolog bo’lasizmi yoki fan doktori, birgina loyiha bo’yicha yoki butun karyerangizning o'sib borishi uchun xorijiy professionallar bilan muntazam aloqada bo'lib turishingiz zarurligi inkor etib bo'lmaydigan talabdir. Tabdirkorlikning yuqori mavqedagi boshliqlari buni anglab yetganidek, agar Siz ham soxangizda qo’llanadigan ingliz tilini yaxshi bilsangiz o'z kasbingizda ahamiyatli ustivorlikka erishasiz.

 

Kasbingiz va tanlagan soxangizda qaysi darajani egallashni ko'zlaganingizni e'tiborga olgan holda, ingliz tilini bilishda (B2) ya'ni o'rta-yuqori, yoki oliy (C1) bosqichda bo'lishingiz maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, kasbingizda ko'p qo’lladigan inglizcha texnik terminlar, idiomalar va akronimlar bilan yaqindan tanish bo'lishingiz lozim. Kasbi bilim berish bo'lgan oddiy ingliz tili o'qituvchisi Sizni hozirgi ingliz tilidagi International professional, scientist, physician, architect, economist, chemist, physicist, biologist, doctoral candidate bosqichidan B2 yoki C1 darajasiga olib chiqishi mumkin, lekin, soxangizdagi texnik terminologiyani, tushunishi u yoqda tursin, to'g'ri o'rgata olmasligi aniq. Soxangizda ingliz tilida so'zlashuvchi bir mutaxassis esa texnik terminlar va g'oyalar bilimiga ega bo’lishi mumkin, lekin, ularni ingliz tilida to’g’ri va samarali o'rgatish usullarini bilmasligi mumkin.

 

Hozirgi ingliz tilidagi bilimingizni professional darajada yanada sayqallash uchun Sizga “Ingliz tilini xorijiy tillarda so'zlashuvchilarga o'qitish” (TEFL/TESOL) sertifikatiga ega bo'lgan va Sizga hamkasb bo'lgan ingliz tili o'qituvchisi bo'lishi lozim. Aynan Sizga belgilangan o'qituvchi nafaqat oddiy ingliz tili bilimingizda o’sishida, balki, tanlagan kasbingizda qo'llanadigan terminologiya bilan so’z lug’atingiz boyib borishiga butun e'tiborini qaratadi.

 

Hozirda ingliz tiliga qay darajada bilimga ega bo'lishingizga qarab, professional maqsadlaringiz va ingliz tilini qay darajada o'zlashtirib tajribangizni oshirmoqchi bo'lsangiz, “ExIm English” TEFL sertikikatiga ega bo’lgan o'qituvchingiz tez kunda javob berilishi kerak bo'lgan yoki asta-sekinlik bilan hal bo'ladigan talablaringizga moslab faqat Sizga mos keladigan kurs rejasi va kurs tartibini ishlab chiqadi. Ingliz tili bilimingiz qay darajada ekanini bilmoqchi bo’lsangiz ekspertning fikrini eshitish va shaxsiy intervyuvdan o'tish uchun biz bilan bog'laning.

 

bayroqlar | murojaat eting | vakansiya | blog | hissa qo'shganlar